Hayot
Длительность: 03:50
Размер файла: 8.79 MB
Качество: 320 kbps
Дата добавления: 24.01.2026
Скачать

Текст песни

Bugun nogahon ko'zim tushdi oynaga
Biri turardi qarshimda biram horg'in
Ko'zida xavotir bilmam neni o'ylagan
Menimcha nimadir ezmoqda yurak bag'rin

O'n yil oldin ko'rganimda edi boshqacha
Boshiqlar nigohlar edi o'zgacha
Atrofga boqar edi hissiyotlar beg'ubor
Bugun g'am osilgan hatto ko'zu qoshgacha

Ne bo'ldi senga buncha ketding o'zgarib
Rangingda rang yo'q savollarga burkanib
Sabab hayot bo'lsa ko'z yoshingga arzimas
Chunki bu shundayin fan tushunmaysan o'rganib

Bilaman senga ham oson bo'lmagan
Qancha orzularing bahorida xazon bo'lmagan
Balki shu yoshda ko'rganingni
Ancha-bunchasi hali ko'rmagan

Ooo ne qilamiz hayot shu bo'lsa
Asli shum bo'lsa
Ooo to'xtashga haqqing yo'q hali beri
Qani kuching ko'rsat

Ooo ne qilamiz hayot shu bo'lsa
Asli shum bo'lsa
Ooo to'xtashga haqqing yo'q hali beri
Qani kuching ko'rsat

Другие песни исполнителя Ulug'bek Rahmatullayev

Похожие песни